Talaba bo'lish uchun qanday harakat qilish kerak?
Oliy ta'lim muassasalariga kirish har bir abituriyent uchun muhim bosqichdir. Esingizda bo'lsin: har kim odam bo'lib tug'iladi, lekin inson bo'lib yashash va o'z hayotini o'zi shakllantirish har bir kishining o'z qo'lida. Harakat qilish – bu tiriklik belgisi.
Agar siz abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlarni izlayotgan bo'lsangiz, demak, talabalik sari ilk qadamni tashladingiz.
Talabalik sari yo'l: muvaffaqiyat qoidalari
- Vaqtni to'g'ri taqsimlang: "Vaqtim yo'q" degan bahonani yig'ishtiring. Muvaffaqiyatli insonlar ham kuniga 24 soatga ega.
- Xotirangizni charxlang: "Eslab qololmayman" degan tushuncha yo'q, faqat mashq qilish va xohish bor.
- Bilimga intiling: "Tushunmayman" demang, o'z ustingizda ishlashda davom eting.
O'z yo'nalishingiz bo'yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarni tahlil qilib, maqsadli tayyorgarlik ko'ring. Bugundan boshlab harakat qilishni boshlang, shunda orzularingizga erishishingiz aniq.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.