Ta'lim grantlari va 3 yillik majburiyat bekor qilinishi
Oliy ta'lim tizimida abituriyentlar va talabalar uchun muhim o'zgarishlar kutilmoqda. Eng asosiy yangiliklardan biri — davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning o'qishni tugatgandan so'ng 3 yil ishlab berish majburiyatining bekor qilinishidir.
Oliy o'quv yurtlariga qabul jarayonidagi yangi takliflar
Taqdim etilgan yangi tartibga ko'ra, oliygohlarga kirish imtihonlari va grant ajratish tizimi tubdan o'zgaradi:
- Minimal o'tish ballari: Qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi. Sog'liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo'nalishlari uchun 94,5 ball, boshqa yo'nalishlar uchun esa 75,6 ball etib belgilanmoqda. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida batafsil ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
- Grantlarning yangi shakli: Davlat granti endilikda ta'lim granti va ijtimoiy-rag'batlantiruvchi grant sifatida ajratiladi.
Grant turlari va ularning xususiyatlari
Grant tizimidagi asosiy o'zgarishlar quyidagicha:
- Ta'lim granti: Bir o'quv yili uchun beriladi. 1-kursda kirish ballari, keyingi bosqichlarda esa reyting ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan talabalar uchun ajratiladi.
- Ijtimoiy-rag'batlantiruvchi grant: Maqsadli va imtiyozli qabul qilingan talabalar uchun butun o'qish davri uchun saqlanib qoladi.
- 3 yillik majburiyat: Ta'lim granti asosida o'qigan bitiruvchilarning majburiy ishlab berish tartibi bekor qilinadi.
Sirtqi ta'lim shaklidagi o'zgarishlar
Kelgusida sirtqi ta'lim shakli bosqichma-bosqich qisqartirilib, uning o'rniga masofaviy va uzaytirilgan ta'lim shakllari joriy etiladi. Sirtqi ta'lim uchun kvotalar endilikda kunduzgi ta'lim kvotasidan oshmasligi kerak. Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.