OSCE akademiyasining yozgi maktab dasturi
OSCE akademiyasi 2002-yilda Qirg‘iziston hukumati va Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan tashkil etilgan nufuzli ta'lim muassasasi hisoblanadi. Joriy yilda akademiya Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonlik bakalavriat bosqichining 3-4 kurs talabalari uchun Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan 1 oylik yozgi maktab dasturini e'lon qildi.
Dastur yo‘nalishlari va maqsad
Ushbu yozgi maktab talabalarni quyidagi muhim kurslar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar bilan ta'minlashga qaratilgan:
- Iqtisodchilar uchun matematika (Mathematics for Economists);
- Ijtimoiy sohada tadqiqot metodlari (Research Methods in Social Sciences).
Bu kabi xalqaro dasturlar talabalar uchun o‘z bilimlarini yanada mustahkamlash va xalqaro tajriba orttirish imkonini beradi.
Ishtirok etish talablari
Nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- Iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar yoki siyosatshunoslik yo‘nalishlarida 3-4 kurs talabasi bo‘lish;
- Ingliz tilini yuqori darajada bilish;
- Markaziy Osiyo mintaqasidagi rivojlanish va xalqaro munosabatlar masalalariga qiziqish;
- O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston yoki Mo‘g‘uliston fuqarosi bo‘lish.
Moliyaviy shartlar va imtiyozlar
Dastur to‘liq moliyalashtiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- 4 hafta uchun 360 yevro miqdorida stipendiya;
- Bishkekka borib-kelish transport xarajatlari;
- Viza va ro‘yxatdan o‘tish xarajatlarini qo‘llab-quvvatlash.
Eslatma: Akademiya tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplamaydi, ammo turar joy masalasida yordam beradi. Yo‘nalishlar bo‘yicha ma'lumotlar bilan tanishib, o‘z kelajagingiz uchun to‘g‘ri qadam tashlang.
Ariza topshirish tartibi
Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. Ariza topshirishning oxirgi muddati: 12.06.2022, Bishkek vaqti bilan 18:00.
Savollaringiz bo‘lsa, [email protected] yoki [email protected] manzillariga murojaat qilishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.