Sirtqi ta'limga stajsiz kirish mumkinmi?
So'nggi yangiliklarga ko'ra, ayrim pedagogika yo'nalishlariga hujjat topshirish tartibi yengillashtirildi. Endilikda abituriyentlar 5 yillik pedagogik ish stajisiz ham sirtqi ta'limga hujjat topshirishlari mumkin.
Staj talab etilmaydigan yo'nalishlar ro'yxati
Davlat qabul komissiyasi qaroriga muvofiq, quyidagi yo'nalishlarning sirtqi ta'lim shakliga istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin:
- Pedagogika;
- Maktabgacha ta'lim;
- Tarix;
- Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport;
- Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi.
Ushbu yo'nalishlar bo'yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarni oldindan o'rganib chiqish tavsiya etiladi. Shuningdek, bo'lajak talabalar abituriyentlar uchun foydali maslahatlarni kuzatib borishlari mumkin.

Ta'lim sohasidagi boshqa dolzarb yangiliklarni biz bilan kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.