Majburiy fanlar: DTM testlarida qaysi mavzular ko’p tushadi?

Abituriyentlar uchun muhim qo’llanma: Majburiy fan blokidagi testlar qaysi mavzulardan ko’proq tuziladi? Mavzular kesimi va foizli taqsimot bilan tanishing.

3
Majburiy fanlar: DTM testlarida qaysi mavzular ko’p tushadi?

Majburiy fanlar bo'yicha test tahlili: Nimalarga e'tibor qaratish kerak?

Abituriyentlar uchun majburiy fanlar blokiga tayyorgarlik ko'rishda testlar qaysi mavzulardan ko'proq tushishini bilish juda muhim. Bu sizga vaqtingizni to'g'ri taqsimlash va DTM standartidagi test tizimi orqali bilimlaringizni sinab ko'rish imkonini beradi. Quyida fanlar kesimida test savollarining taqsimoti keltirilgan.

Ona tili va adabiyot

  • O'zbek tili: Orfografiya va punktuatsiya (40%), Leksikologiya va uslubiyat (40%), Grammatika (20%).
  • Rus tili: Grammatika (40%), Orfografiya (40%), Fonetika (10%), Leksika (10%).
  • Qoraqalpoq tili: Grammatika (40%), Orfografiya (30%), Leksika (20%), Fonetika (10%).

Matematika

Matematika fanidan tayyorgarlik ko'rayotganda quyidagi mavzularga ustuvorlik bering:

  • Sonlar va ular ustida amallar: 40%
  • Foiz, proporsiya va tenglama: 30%
  • Geometriya: 30%

O'zbekiston tarixi

Tarix fanidan yuqori ball olish uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilib, quyidagi davrlarni chuqur o'rganing:

  • Qadimgi va o'rta asrlar tarixi: 35-45%
  • XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr: 35-45%
  • Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi: 20-25%

Ushbu ma'lumotlar abituriyentlarga tayyorgarlik strategiyasini to'g'ri belgilashda yordam beradi. Mazkur yangilik sizga qanday ta'sir qildi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar