Qozog'iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 16 yoshga to'lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ro'yxatdan o'tishini taqiqlashga oid qonun loyihasini ustuvor tartibda ko'rib chiqishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar berdi. InfoEdu.uz kuzatuviga ko'ra, bolalarni raqamli tahdidlardan himoya qilish mavzusi Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham tobora dolzarb muhokamaga aylanmoqda.
Prezident xavfsiz muhit yaratishga chaqirdi
Toqayev avval Qozog'iston hukumati shunday tashabbus bilan chiqqanini eslatgan. «Ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlayman. Menimcha, bu masala ustuvor tartibda ko'rib chiqilishi kerak. Biz o'sib kelayotgan avlod uchun qulay va, eng muhimi, xavfsiz muhit yaratishimiz shart», degan u Qurultoyning birinchi sessiyasi ochilishida.
Reklama
Amaliy mexanizmlar puxta ishlab chiqiladi
Prezidentning so'zlariga ko'ra, qonun qabul qilinayotganda uni amalda qo'llashning barcha mexanizmlari puxta ishlab chiqilishi zarur. Xususan, 16 yoshga to'lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash qanday amalga oshirilishi aniq belgilanishi kerak. Shuningdek, u mamlakatda onlayn-platformalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka alohida e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlagan. Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda ham 16 yoshgacha bolalarga cheklov masalasi muhokama qilingan edi. Yangi Zelandiyada esa shunday loyiha parlamentga kiritilgan: platformalardan foydalanuvchi yoshini tekshirish talab etilib, talabni bajarmaganlarga global daromadning 10 foizigacha jarima nazarda tutilgan.
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.