Qo‘shma ta’lim dasturidan o‘qishni ko‘chirish qoidalari
Ko‘plab talabalar qo‘shma ta’lim dasturlaridan o‘qishini boshqa oliygohlarga ko‘chirish bo‘yicha savollar yo‘llashadi. Asosiy savol: Qo‘shma ta’lim dasturidan nodavlat oliygohga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?
Javob aniq: Ha, mumkin. Bu borada hech qanday cheklovlar mavjud emas.
Huquqiy asos va tushuntirish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-sonli qaroriga muvofiq, cheklovlar faqat davlat oliy ta’lim muassasalariga nisbatan belgilangan. Qarorning 4-bob, 28-bandida qo‘shma ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalar boshqa davlat oliy ta’lim tashkilotiga ko‘chirishiga ruxsat etilmasligi ko‘rsatilgan.

Demak, nodavlat oliygohlar ushbu dastur talabalarini bemalol qabul qilishlari mumkin. Bu jarayon qonunchilikka zid emas.
Foydali ma'lumotlar
- Oliygohlar haqida batafsil ma'lumot olish uchun oliygohlar kirish ballari sahifasiga o‘ting.
- Talabalik davri va o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun talabalar uchun bo‘limini kuzatib boring.
Batafsil ma'lumot uchun qaror matni bilan tanishib chiqishingiz yoki infoedu.uz saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.