Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan bolalarning qiziqishlari va individual qobiliyatlarini erta aniqlashga qaratilgan yangi baholash instrumentlari ishlab chiqilib, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda dastlabki tajriba-sinovdan o'tkazildi — bu haqda markaz ma'lum qildi.
Sinovning o'tkazilishi
Tajriba-sinov ishlari 21–22-sentabr kunlari Toshkent shahridagi 3 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti va 3 ta umumta'lim maktabida tashkil etildi.
Reklama
- Bog'chalarning tayyorlov guruhlarida bolalarning aqliy-kognitiv, ijodiy-badiiy, nutqiy va til, xorijiy tillarni o'rganish bo'yicha qobiliyatlari hamda ijtimoiy-emotsional ko'nikmalari testlar, o'yinlar va amaliy topshiriqlar orqali baholandi;
- Maktablarda 4-sinf o'quvchilarining aniq, filologik, tabiiy va san'at fanlari, jismoniy tarbiya va xorijiy tillarni o'rganish bo'yicha qobiliyatlari alohida test va amaliy topshiriqlar asosida o'rganildi.
Baholash shkalasi
Natijalar har bir yo'nalish bo'yicha 100 ballik shkala asosida aniqlanib, uch darajaga ajratiladi: boshlang'ich — 0–40 ball, rivojlanayotgan — 41–70 ball, yuqori — 71–100 ball.
Bolaning qobiliyatlari faqat test natijalari bilan cheklanmasdan, pedagoglarning tizimli kuzatuvlari bilan uyg'un baholanadi: tarbiyachilar va 4-sinf o'qituvchilari K–B–T–D shkalasi bo'yicha so'rovnoma to'ldiradi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring