O'zbekistonda oliy ta'lim olish istagida bo'lgan 40 yoshdan katta fuqarolar soni yildan yilga ortib bormoqda. Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, 2025/2026-o'quv yilida oliy ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan 40 yosh va undan katta talabalar soni 53 483 nafarni tashkil etgan — bu qo'mita e'lon qilgan ma'lumot.
Yillar kesimidagi dinamika
| O'quv yili | 40 yosh va undan katta talabalar |
|---|---|
| 2010/2011 | 616 |
| 2015/2016 | 170 |
| 2016/2017 | 174 |
| 2017/2018 | 2 142 |
| 2018/2019 | 7 004 |
| 2019/2020 | 9 751 |
| 2020/2021 | 10 110 |
| 2021/2022 | 10 531 |
| 2022/2023 | 20 247 |
| 2023/2024 | 36 113 |
| 2024/2025 | 44 022 |
| 2025/2026 | 53 483 |
O'sish sur'ati
Ko'rsatkich 2010/2011-o'quv yiliga nisbatan 52 867 nafarga oshgan. 2015/2016 va 2016/2017-o'quv yillarida bu toifadagi talabalar soni eng past — mos ravishda 170 va 174 nafarni tashkil etgan, 2017/2018-o'quv yilidan boshlab esa son keskin o'sgan: 2 142 nafardan 2025/2026-o'quv yilida 53 483 nafarga yetgan.
Bu toifadagi talabalardan biri — 44 yoshida talaba bo'lgan boshlang'ich sinf o'qituvchisi Baxor Beknazarova. Uning ish va o'qishni birga olib borishi haqida alohida materialimizda yozgan edik.












