O‘zbekistonda eng ko‘p talabaga ega xususiy universitetlar 2024
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda nodavlat oliy ta’lim muassasalariga talab keskin ortib bormoqda. Hemis tizimi ma’lumotlariga tayanib, 2024-yilda eng ko‘p talabaga ega TOP-10 xususiy universitetlar ro‘yxatini e’lon qilamiz. Agar siz ham kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlaringizni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, kirish ballari yo'nalishlar kesimida bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.
Eng ko‘p talabaga ega nodavlat oliygohlar ro‘yxati:
- Toshkent Kimyo xalqaro universiteti – 36 598 nafar talaba
- ISFT instituti – 29 470 nafar talaba
- Toshkent amaliy fanlar universiteti – 26 460 nafar talaba
- Termiz iqtisodiyot va servis universiteti – 23 888 nafar talaba
- Osiyo xalqaro universiteti – 22 279 nafar talaba
- Alfraganus universiteti – 22 245 nafar talaba
- University of Business and Science – 20 728 nafar talaba
- Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali – 20 283 nafar talaba
- Iqtisodiyot va pedagogika universiteti – 19 138 nafar talaba
- Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali – 17 974 nafar talaba
Tahlil va xulosa
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti o‘zining 36 598 nafar talabasi bilan ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, universitetning Namangan va Samarqand filiallari bilan birgalikda jami talabalar soni 75 000 nafardan oshadi. Talabalar uchun yaratilayotgan qulayliklar va ta’lim sifati nodavlat sektorning jozibadorligini oshirmoqda. Xususiy oliygohlarga bo‘lgan bunday qiziqish kelgusida raqobatbardosh ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.