Milliy statistika qo'mitasi iqtidorli talabalarni aniqlash va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida stipendiya tanlovi e'lon qildi. Bu haqda qo'mita ma'lum qildi.
Kimlar qatnashishi mumkin
Tanlovda O'zbekiston hududidagi oliy ta'lim muassasalarida kunduzgi shaklda statistika, iqtisodiyot, moliya, axborot texnologiyalari hamda ma'lumotlar ilmi va tahlili (Data Science & Analytics) yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin. Bakalavriatning 4-bosqichi va magistratura talabalari ham qatnashadi.
Reklama
Tanlov bosqichlari va hujjatlar
- Hujjatlar ko'rib chiqilib, saralash amalga oshiriladi;
- Statistika, iqtisodiyot, matematika, analitik fikrlash va IQ bo'yicha testlar o'tkaziladi;
- Yakuniy bosqichda nomzodlar tanlov komissiyasi a'zolari bilan suhbatdan o'tadi.
Nomzodlar hujjatlarini 2026-yil 25-sentabr soat 18:00 ga qadar faqat PDF formatda [email protected] manziliga yuborishi kerak: CV, akademik reyting ko'rsatkichlari, xorijiy tillarni bilish bo'yicha hujjatlar, ilmiy-tadqiqot ishlari va erishilgan yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
Tanlov yakunida 10 nafargacha g'olib aniqlanadi. Ularga 2026–2027-o'quv yilining oktabr–may oylari davomida bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida stipendiya to'lanadi.













Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring