“Jadidlar izidan” respublika tanlovining tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichlarida foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxati e'lon qilindi. Ro'yxatdan jadidlar hayoti, ijodi va asarlariga oid adabiyotlar o'rin olgan.
Tanlov shartlari
Reklama
Bosqichlar tartibi
Tuman bosqichida jadidlar hayoti va ijodiga oid test savollari hamda bilet asosidagi savol-javob, hududiy bosqichda boshqotirma, asar tahlili va insho, respublika bosqichida esa asarlar tahlili, loyiha taqdimoti va insho shartlari bo'yicha bellashuvlar o'tkaziladi.
Respublika bosqichida har ikki sinf toifasi bo'yicha eng yuqori natija qayd etgan jami 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatlarga ta'lim sayohatiga yuboriladi hamda ular oliy ta'lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonida soha bo'yicha eng yuqori ball olish imkoniyatiga ega bo'ladi.








Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring