Qishki perevod natijalari 2026: Yakuniy muddat yaqinlashmoqda
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar uchun muhim xabar! Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qaroriga ko‘ra, bahorgi semestr (qishki perevod) arizalari bo‘yicha yakuniy javoblar e’lon qilinishiga sanoqli kunlar qoldi.
Natijalar qachon chiqadi?
Ko‘plab talabalarni qiziqtirayotgan "Natijalar nega hali chiqmadi?" savoliga javob aniq: nizomga muvofiq, arizalar natijasi 21-yanvardan 10-fevralgacha bo‘lgan muddatda ma’lum qilinishi shart. 10-fevral – bu natijalar e’lon qilinishining eng so‘nggi kuni. Demak, yakuniy javoblarni bilish uchun bor-yo‘g‘i 4 kun vaqt qoldi.
Qishki perevod natijalarini qanday tekshirish mumkin?
Talabalar o‘z arizalari holatini masofaviy tarzda, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz tekshirishlari mumkin. Buning uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshiring:
- my.gov.uz portali orqali yuborilgan arizalar holatini kuzatish.
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy platformalari va botlari orqali shaxsiy kabinetga kirish.
- O‘qish ko‘chirilayotgan oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi bilan bog‘lanish.
Natija chiqqandan so‘ng nima qilish kerak?
Agar sizning arizangiz ijobiy hal etilsa, belgilangan muddatda tegishli OTMga borib, buyruq rasmiylashtirilishi va dars jarayonlariga qo‘shilish choralarini ko‘rishingiz lozim. Talabalar uchun foydali maslahatlar va talabalar uchun barcha yangiliklarni kuzatib boring. Shuningdek, oliygohlar kirish ballari haqida batafsil ma'lumotni infoedu.uz saytidan olishingiz mumkin.
















