Talabalarga ijara puli qaysi hollarda to‘lab berilmaydi?
Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ijara to‘lovini qisman qoplab berish tartibi bo‘yicha ko‘plab savollar yuzaga keladi. Ushbu imtiyoz barcha talabalarga ham taalluqli emas.
Ijara kompensatsiyasi kimlarga tegishli?
Amaldagi me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda, yotoqxonada yashashga ehtiyoji bor, ammo joylar yetishmasligi sababli ijarada turishga majbur bo‘lgan talabalar tushuniladi.
Shu bois, quyidagi toifadagi talabalarga ijara kompensatsiyasi to‘lab berilmaydi:
- O‘z ixtiyori bilan yotoqxonadan voz kechib, ijarada turuvchilar;
- Yotoqxona bilan ta’minlangan talabalar;
- Belgilangan tartibga muvofiq hujjatlarni to‘liq taqdim etmagan talabalar.
Talabalik davri bilan bog‘liq boshqa foydali ma’lumotlarni talabalar uchun bo‘limidan topishingiz mumkin. Shuningdek, oliygohlar kirish ballari haqidagi yangiliklardan doimo xabardor bo‘ling.
Manba: infoedu.uz ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.