Super-kontrakt uchun kredit beruvchi banklar: To’liq ro’yxat

Super-kontrakt to’lovini amalga oshirish uchun qaysi banklar kredit ajratadi? Joriy yildagi bank shartlari, foizlar va limitlar bilan ushbu maqolada tanishing.

5
Super-kontrakt uchun kredit beruvchi banklar: To’liq ro’yxat

Super-kontrakt uchun kredit olish imkoniyati

Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlaridan so'ng, super-kontrakt to'lovini amalga oshirish ko'plab abituriyentlar uchun dolzarb masalaga aylanadi. Davlat tomonidan ajratiladigan ta'lim krediti super-kontrakt uchun mo'ljallanmagan bo'lsa-da, bir qator tijorat banklari maxsus iste'mol kreditlari orqali yordam berishga tayyor.

Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarni izlayotgan bo'lsangiz yoki abituriyentlar uchun foydali maslahatlarga qiziqsangiz, quyidagi bank takliflarini ko'rib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

Super-kontrakt uchun kredit beruvchi banklar

  • O‘zsanoatqurilishbank: Foizi — 25% dan, muddati — 36 oygacha, miqdori — 150 mln. so‘mgacha, imtiyozli davr — 6 oygacha. Batafsil ma’lumot.
  • O‘zmilliybank: 36 oygacha 20%, 60 oygacha 22%, imtiyozli davr — 12 oy, miqdori — 30 mln. so‘mgacha. Batafsil ma’lumot.
  • Asia Alliance Bank: Foizi — 26%, muddati — 36 oygacha, miqdori — 90 mln. so‘mgacha. Batafsil ma’lumot.
  • Hamkorbank: 12 oygacha 27.99%, 24 oygacha 33%, 36 oygacha 36%, miqdori — 60 mln. so‘mgacha. Batafsil ma’lumot.

Ushbu bank shartlari bilan tanishib, o'zingizga qulay variantni tanlashingiz mumkin. Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar