Professional ta’lim muassasalariga kirish testlari 2023

2023-2024 o’quv yili uchun kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari sanalari, fanlar va ballar tizimi haqida to’liq ma’lumot oling.

12
Professional ta’lim muassasalariga kirish testlari 2023

Professional ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari: Sanalar va tartib

2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023-yil 26-29-sentabr kunlari o‘tkaziladi. Abituriyentlar uchun ushbu jarayon ikki smenada tashkil etiladi.

Test sinovlari vaqti va fanlar majmuasi

Test sinovlari quyidagi vaqtlarda bo‘lib o‘tadi:

  • 1-smena: 08:00 dan 11:00 ga qadar;
  • 2-smena: 15:00 dan 18:00 ga qadar.

Imtihonlar kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan hamda 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi)dan iborat. Talabgorlarga jami 90 ta test topshirig‘i uchun 3 soat vaqt ajratiladi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olish orqali o'zingizni tayyorlashingiz mumkin.

Baholash tizimi va muhim tavsiyalar

Maksimal ball – 189 ball. Har bir to‘g‘ri javob uchun:

  • 1-mutaxassislik fanida — 3,1 ball (jami 93 ball);
  • 2-mutaxassislik fanida — 2,1 ball (jami 63 ball);
  • Majburiy fanlarda — 1,1 ball (jami 33 ball).

Talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari hamda test boshlanishidan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari shart.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar