Peter Drucker xalqaro insholar tanlovi: 18-35 yoshlilar uchun imkoniyat
Peter Drucker Society Europe tashkiloti 18-35 yoshdagi iqtidorli yoshlar, jumladan, talabalar va mutaxassislar uchun navbatdagi xalqaro insholar tanlovini e'lon qildi. Bu tanlov yoshlarga o'z g'oyalarini dunyo sahnasida namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Tanlov mavzusi va maqsadi
Joriy yilgi tanlov mavzusi: "Avtomatlashtirish davrida kasblar kelajagi qanday?" (What is the future of work in the age of automation?). Ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalar va sun'iy intellektning mehnat bozoriga ta'sirini tahlil qilishlari kerak.
Tanlov g'oliblari uchun sovrinlar
- 1500€ miqdoridagi pul mukofoti;
- 13-Global Peter Drucker forumida (Vena, Avstriya) bepul ishtirok etish;
- Sayohat va turar joy xarajatlarining qoplanishi;
- Garvard Business Review jurnaliga 1 yillik obuna;
- Inshoni druckerchallenge.org saytida chop etish imkoniyati.
Ishtirok etish talablari
Tanlovda qatnashish uchun ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tahsil olayotgan talabalar yoki professional faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ingliz tilida 1500-3000 so'zdan iborat insho yozishlari talab etiladi. Insho PDF formatida taqdim etilishi va unda muallifning ismi ko'rsatilmasligi shart.
Muddati: 2022-yil, 14-may.
Siz ushbu xalqaro tanlovda qatnashishni rejalashtiryapsizmi? O'z fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.