O‘qishni ko‘chirish (Perevod) boshlanishiga 2 kun qoldi!

O‘qishni ko‘chirish (perevod) jarayoni 15-iyuldan boshlanadi. Kerakli hujjatlar, tartib va muhim ma’lumotlar bilan ushbu maqolada tanishing.

2
O‘qishni ko‘chirish (Perevod) boshlanishiga 2 kun qoldi!

O‘qishni ko‘chirish (Perevod) tartibi va muddatlari

Ta’lim sohasidagi eng so‘nggi yangiliklardan biri — talabalarning o‘qishini ko‘chirish jarayoni boshlanmoqda. Agar siz ham o‘qishingizni boshqa oliy ta’lim muassasasiga o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi ma’lumotlar siz uchun muhim.

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlari, Respublikadagi xususiy va xorijiy OTM filiallaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi. O‘z tanlovingizni amalga oshirishdan avval kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

Arizalar qabul qilish muddati

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar ro‘yxati

  • Ariza
  • Reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi
  • Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun)

Imtihonlar test shaklida, alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlar uchun esa mutaxassislik fanlaridan kasbiy-ijodiy imtihonlar tarzida bo‘lib o‘tadi.

Maxsus sinov natijasi davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shakliga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi. Talabalar uchun o‘qishni ko‘chirish jarayoni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni saytimiz orqali kuzatib boring.

Eslatma: OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar