O’zbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor? (2023)

O’zbekistondagi oliy taʼlim muassasalari soni va ularning vazirliklar kesimidagi taqsimoti. Abituriyentlar uchun barcha oliygohlar haqida to’liq ma’lumot.

4
O’zbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor? (2023)

O'zbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi mavjud?

Bugungi kunda taʼlim sohasidagi eng dolzarb ma'lumotlardan biri bu mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalari (OTM) sonidir. 20.02.2023-yil holatiga ko'ra, O'zbekistonda jami 209 ta oliy taʼlim muassasasi faoliyat yuritmoqda.

OTMlar turlari bo'yicha taqsimot

Oliy taʼlim muassasalarining turlari bo'yicha taqsimoti quyidagicha:

  • Universitet — 36 ta;
  • Institut — 48 ta;
  • Akademiya — 5 ta;
  • Konservatoriya — 1 ta;
  • Filial — 24 ta;
  • Xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
  • Nodavlat (xususiy) OTM — 65 ta.

Abituriyentlar tanlov jarayonida oliygohlar kirish ballari bilan tanishib chiqishlari muhim ahamiyatga ega.

Davlat oliy taʼlim muassasalari tasarrufi

Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi bo'yicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – 63 ta;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi – 1 ta;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi – 1 ta;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi – 5 ta;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi – 3 ta;
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi – 12 ta;
  • Madaniyat va turizm vazirligi – 10 ta;
  • Badiiy akademiya – 1 ta;
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi – 7 ta;
  • Adliya vazirligi – 1 ta;
  • Bosh prokuratura – 1 ta;
  • Transport vazirligi – 1 ta;
  • Tashqi ishlar vazirligi – 1 ta;
  • Yoshlar siyosati va sport vazirligi – 4 ta;
  • Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi – 1 ta;
  • Din ishlari bo‘yicha qo‘mita – 1 ta;
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi – 1 ta.

Shuningdek, o'z yo'nalishingizni aniqlash uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Ushbu ro'yxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan. Oliygohlar ro‘yxati (PDF)

Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar