WikiStipendiya marafoni: Imkoniyatlar va shartlar
O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida WikiStipendiya marafoni yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish va iqtidorli talabalarni munosib rag‘batlantirishdan iborat.
Marafon haqida umumiy ma'lumot
Marafon 2022-yilning mayidan dekabr oyigacha davom etadi. Loyihadan kutilayotgan asosiy natija — o‘zbekcha Vikipediya maqolalar sonini ko‘paytirish va sifatini oshirishdir. Agar siz talabalar uchun foydali ma'lumotlar yaratishga qiziqsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun.
Maqolalar yo'nalishlari
Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda sifatli maqolalar yaratishlari yoki tarjima qilishlari mumkin:
- Tabiiy fanlar va tabiatshunoslik;
- Tarix, falsafa va geografiya;
- Madaniyat, san’at va sport;
- Texnika va texnologiyalar;
- Inson va jamiyat.
Mukofot jamg'armasi va baholash tartibi
Umumiy mukofot jamg‘armasi 320 million so‘mni tashkil etadi. Eng faol ishtirokchilar bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin: 50 000 000 so‘m;
- 2-o‘rin: 40 000 000 so‘m;
- 3-o‘rin: 30 000 000 so‘m;
- Kuchli beshtalik: 20 000 000 so‘mdan;
- Kuchli o‘ntalik: 10 000 000 so‘mdan.
Baholash jarayonida maqolalar sifati, abituriyentlar uchun ham, mutaxassislar uchun ham foydaliligi hamda hakamlar hay’atining ballari inobatga olinadi. Har bir maqola 0 dan 5 ballgacha baholanadi. Batafsil qoidalar va ishtirok etish tartibi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.