Talabalar uchun stipendiya: Asosiy ma’lumotlar
Talabalar uchun asosiy daromad manbalaridan biri bu stipendiyadir. Stipendiya oylik xarajatlarning bir qismini qoplashga yordam beradi. Agar siz talabalar uchun foydali maslahatlarni izlayotgan bo‘lsangiz, bizning resurslarimiz sizga qo‘l keladi.
O‘zbekistonda stipendiya qanday to‘lanadi?
Davlat granti yoki stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga bazaviy stipendiya tayinlanadi. Semestrni faqat «a’lo» (86 ball va undan yuqori) baholar bilan yakunlagan talabalar uchun stipendiyaga 20 foiz ustama qo‘shiladi.
Stipendiya miqdorlari
- Bazaviy stipendiya: 517 880 so‘m.
- «A’lo» o‘zlashtiruvchi talabalar uchun: 621 456 so‘m.
- Prezident stipendiyasi: 2 191 541 so‘m.
- Nomdor davlat stipendiyalari: 1 461 028 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 30 foizdan ortiq «qoniqarli» baho bo‘lgan talabalarga keyingi semestrda stipendiya to‘lanmaydi. Oliy ta’lim muassasalariga kirish shartlari va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumot olish uchun saytimizni kuzatib boring.
Markaziy Osiyo davlatlarida stipendiya
Qozog‘iston
Qozog‘istonda stipendiya miqdori yo‘nalishga bog‘liq: pedagogika va tibbiyot talabalari 67 200 tenge (1,7 mln so‘m), boshqa yo‘nalishlar 41 898 tenge (1,1 mln so‘m), magistratura talabalari esa 94 024 tenge (2,4 mln so‘m) atrofida mablag‘ oladilar.
Qirg‘iziston
Qirg‘izistonda pedagogika yo‘nalishidagi talabalarning stipendiyasi kursga qarab 1000 somdan 4000 somgacha o‘zgaradi. Shuningdek, faol talabalar uchun bir martalik prezident stipendiyalari ham mavjud.
Tojikiston
Tojikistonda o‘rtacha yuqori stipendiya miqdori 368 somoni (405 ming so‘m) ni tashkil etadi, bu esa talabalarning oylik xarajatlarining juda kichik qismini qoplaydi.
Xulosa qilib aytganda, mintaqada Qozog‘iston talabalari eng yuqori stipendiya miqdoriga ega.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.