Bog‘cha tarbiyachilari maoshi oshirildi: yangiliklar
2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtirildi.
Ushbu o‘zgarishlar pedagoglarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va sohadagi kadrlarning malakasini oshirishga qaratilgan. Pedagoglar o‘z ustida ishlashda davom etishlari uchun pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlaridan xabardor bo‘lishlari tavsiya etiladi. Shuningdek, oliy taʼlim tizimidagi yangiliklar bilan qiziqayotganlar uchun oliygohlar kirish ballari haqidagi ma'lumotlar foydali bo‘lishi mumkin.

Umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari:
- Oliy maʼlumotli o‘qituvchi: 2 mln 948 ming 543 so‘m
- Ikkinchi toifali o‘qituvchi: 3 mln 301 ming 055 so‘m
- Birinchi toifali o‘qituvchi: 3 mln 678 ming 381 so‘m
- Oliy toifali o‘qituvchi: 4 mln 064 ming 865 so‘m
Siz ushbu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izoh qoldirish orqali bildirishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.