OTMga kirishda yangi imtiyoz: Vatan tayanchi otryadi a’zolari

Prezident qarori bilan harbiy OTMlarga kirishda Vatan tayanchi otryadi a’zolariga 5 foizli imtiyoz berildi. Batafsil yangilik bilan tanishing.

3
OTMga kirishda yangi imtiyoz: Vatan tayanchi otryadi a’zolari

Vatan tayanchi otryadi a'zolari uchun yangi imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktyabrdagi PQ–369-son qaroriga asosan, ta'lim tizimida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. Endilikda maktablarda tashkil etiladigan «Vatan tayanchi» otryadi a'zolari harbiy oliygohlarga kirishda ustunlikka ega bo‘ladilar.

Imtiyozlar kimlarga beriladi?

Maktablarda 10–11-sinf o‘quvchilaridan iborat «Vatan tayanchi» otryadlari tuziladi. Ushbu harakatda faol ishtirok etgan va maktabni a'lo baholar bilan tamomlagan o‘quvchilarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  • Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi oliy harbiy ta'lim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma;
  • Kirish imtihonlarida to‘plangan ballarning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball.

Bu imtiyozlar kirish ballari yo'nalishlar kesimida hisoblanganda abituriyentlarga katta yordam beradi. Shuningdek, abituriyentlar uchun mo‘ljallangan boshqa yangiliklarni ham kuzatib borishni tavsiya etamiz.

Maqsad va vazifalar

Ushbu harakat o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, odob-axloq va qat'iy ishonch ruhini shakllantirish, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning intizomi va jismoniy ko‘rsatkichlarini oshirish orqali kelajakda oliy harbiy ta'lim muassasalariga munosib nomzodlar tayyorlanadi.

Ta'lim sohasidagi so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar