O‘qishni ko‘chirish: Ariza topshirish jarayoni va muddatlari
Ta'lim sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar: Xorijiy va xususiy OTMlarda o‘qiyotgan talabalar davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish uchun my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Qabul qachon tugaydi?
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli joriy yilning 5-avgust sanasigacha davom etadi. Hozirgi kunga qadar 3,7 mingdan ortiq talaba onlayn ariza topshirishga ulgurdi.
Qaysi davlatlardan eng ko‘p ariza kelib tushdi?
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, talabalar quyidagi davlatlardan o‘qishini ko‘chirish uchun eng ko‘p murojaat qilmoqda:
- O‘zbekiston — 1 961 nafar (52,15 %)
- Qirg‘iziston — 945 nafar (25,13 %)
- Rossiya — 376 nafar (10 %)
- Tojikiston — 246 nafar (6,54 %)
- Qozog‘iston — 164 nafar (4,36 %)
- Qolgan davlatlar — 68 nafar (1,81 %)
O‘tish ballari va talablar
«Perevod» uchun o‘tish ballari avvalgi yilgi kirish imtihonlari natijalari asosida belgilanadi. O‘zingiz tanlagan oliygohlar kirish ballari bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Shuningdek, yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma'lumot olish uchun kirish ballari yo‘nalishlar kesimida sahifasiga o‘tishingiz mumkin.
Eslatma: O‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar uchun test imtihonlari Bilimlarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.