O‘qishni ko‘chirish uchun ariza qabuli: Muhim sanalar
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari 15-iyuldan boshlanadi. Bu jarayon Vazirlar Mahkamasining 393-son qarori asosida tartibga solinadi.
Perevod uchun arizalarni qanday topshirish kerak?
O‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar o‘z arizalarini Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali 5-avgustga qadar elektron shaklda yuborishlari lozim.
Agar siz kelajakda qaysi kirish ballari yo'nalishlar kesimida o‘qishni davom ettirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu ma’lumotlarni oldindan o‘rganib chiqishingiz tavsiya etiladi.
Asosiy qoidalar va shartlar:
- O‘zbekistondagi xorijiy va xususiy OTM talabalari davlat OTMlariga o‘tish uchun imtihon topshirishlari shart.
- O‘tish ballini to‘play olmagan talabalar belgilangan tartibda "super-kontrakt" asosida qabul qilinishi mumkin.
- Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod" jarayonida amal qilmaydi.
Talabalik davri bilan bog‘liq boshqa foydali ma’lumotlar uchun talabalar uchun ruknini kuzatib boring.
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.