Ona tili va adabiyot fanidan test hamda kasbiy imtihonlar
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga asosan, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasi tasdiqlandi. Unda har bir fan uchun test topshiriqlari soni va baholash mezonlari aniq belgilab berilgan.
Agar siz ona tili va adabiyot fanidan tayyorlanayotgan bo‘lsangiz, kirish imtihonlarida yuqori natija ko‘rsatish uchun DTM standartidagi test tizimi yordamida bilimingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.
Qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkin?
Ona tili va adabiyot fanidan test hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshiradigan abituriyentlar quyidagi yo‘nalishlarga hujjat topshirishlari mumkin:
- Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha)
- Davlat va nodavlat tuzilmalarida axborot xizmati
- Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar
- Muzey pedagogikasi
O‘zingiz tanlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballari bilan kirish ballari yo'nalishlar kesimida sahifasi orqali batafsil tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.