Ona tili milliy sertifikat sanalari 2026: ro‘yxatdan o‘tish 3-aprelgacha

Ona tili milliy sertifikat sanalari 2026 e’lon qilindi. Ro‘yxatdan o‘tish 3-aprelgacha, imtihonlar esa 25–26-aprel kunlari o‘tkaziladi.

1155
Ona tili milliy sertifikat sanalari 2026: ro‘yxatdan o‘tish 3-aprelgacha

Ona tili milliy sertifikat sanalari 2026

Ona tili va adabiyot fanlari, ya’ni o‘zbek, qoraqalpoq va rus tili hamda adabiyot yo‘nalishlari bo‘yicha ona tili milliy sertifikat sanalari 2026 e’lon qilindi. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 3-aprelga qadar davom etadi.

2026-yilning birinchi yarmida umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida tashkil etiladi.

Reklama

Mazkur fanlar bo‘yicha arizalar 3-aprelga qadar qabul qilinadi. Imtihon to‘lovlarini amalga oshirish muddati esa 4-aprel etib belgilangan.

Imtihon sanalari

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari:

25–26-aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli talabgorlar belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari zarur.

Qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

Talabgorlar my.gov.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlar:

  • o‘zlariga qulay hududni tanlaydi
  • shaxsiy ma’lumotlarini kiritadi
  • imtihon to‘lovini amalga oshiradi

Test sinovlari tanlangan hududda o‘tkaziladi.

Batafsil sanalar

Barcha fanlar bo‘yicha to‘liq ona tili milliy sertifikat sanalari 2026 bilan quyidagi sahifa orqali tanishishingiz mumkin:

Ona tili milliy sertifikat sanalari 2026: ro‘yxatdan o‘tish 3-aprelgacha

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar