Abituriyent ruxsatnomasidagi vaqt: Nega 1,5 soat farq bor?

Abituriyent ruxsatnomasida nega test boshlanishidan 1,5 soat oldingi vaqt ko‘rsatilgan? Kechikmaslik va xavotirga tushmaslik uchun nimalarni bilish kerak?

2
Abituriyent ruxsatnomasidagi vaqt: Nega 1,5 soat farq bor?

Test sinovlariga ruxsatnoma vaqti haqida

Joriy yilda 3 yillik tanaffusdan so‘ng test sinovlari yana yopiq binolarda o‘tkaziladi. Shu sababli test vaqtlari ham o‘zgardi: 1-smena soat 08:00 da, ikkinchi smena esa soat 15:00 da boshlanadi.

Ko‘plab abituriyentlarda savol tug‘iladi: Nega ruxsatnomada 1-smena uchun 06:30, 2-smena uchun esa 13:30 vaqti ko‘rsatilgan?

Nega aynan 1,5 soat oldin kelish kerak?

Ruxsatnomadagi vaqt — bu test boshlanish vaqti emas, balki abituriyentning test o‘tkaziladigan hududga yetib kelishi kerak bo‘lgan vaqtidir. Bunga quyidagi sabablar mavjud:

  • Tekshiruv jarayoni: Abituriyentlar bir necha bosqichli nazorat va tekshiruvdan o‘tishadi.
  • Kechikishlarning oldini olish: Har yili yuzlab abituriyentlar kechikib kelishi oqibatida testga kiritilmaydi va bir yili yo‘qqa chiqadi.
  • Ruhiy tayyorgarlik: Shoshilib kelish stressni oshiradi, bu esa test natijasiga salbiy ta’sir qiladi.

Tavsiya etamiz: testga kamida 1 soat vaqtliroq keling va o‘z joyingizni xotirjam egallang. Shuningdek, abituriyentlar uchun foydali maslahatlar bilan tanishib borishni unutmang.

Muhim eslatmalar

Testga kirish uchun quyidagilar majburiy:

  • Pasport (asli).
  • Abituriyent ruxsatnomasi (qog‘oz shaklida chop etilgan bo‘lishi shart).

Eslatib o‘tamiz, oliy o‘quv yurtlariga kirishda oliygohlar kirish ballari bilan oldindan tanishib chiqish sizga to‘g‘ri tanlov qilishda yordam beradi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar