Muvaffaqiyat sirlari: Garvard talabalari uchun 15 oltin qoida

Garvard universiteti talabalari muvaffaqiyatga qanday erishadi? O’z hayotingizni o’zgartiruvchi va ilm olishga undovchi 15 ta oltin qoida bilan tanishing.

6
Muvaffaqiyat sirlari: Garvard talabalari uchun 15 oltin qoida

Muvaffaqiyat sari Garvard uslubi: Talabalar uchun hayotiy qoidalar

Dunyodagi eng nufuzli ta'lim dargohlaridan biri bo‘lgan Garvard universiteti talabalari o‘z ustida ishlash va intizom borasida barchaga o‘rnak bo‘lishadi. Ularning muvaffaqiyat sirlari qat’iyat, kuchli iroda va tinimsiz mehnatga asoslangan. Agar siz abituriyentlar uchun yoki tahsilari yoki talaba bo‘lsangiz, quyidagi 15 oltin qoidani hayotingizga tatbiq etish orqali yuksak natijalarga erishishingiz mumkin.

1. Orzular va reallik o‘rtasidagi tanlov

Agar hozir uxlasangiz, orzuyingizni tush ko‘rasiz. Agar o‘qishni tanlasangiz, orzuyingizni ro‘yobga chiqarasiz.

2. Hech qachon kech emas

O‘zingizga "endi kech bo‘ldi" deyishni bas qiling. Aslida, hozir boshlash uchun eng yaxshi vaqt!

3. Bilimsizlikning oqibatlari

O‘qishning qiyinchiliklari o‘tkinchi, lekin ilmsizlikning natijalari umrbod qoladi.

4. Shijoat va vaqt

Muvaffaqiyat uchun vaqtning ko‘pligi emas, balki shijoat va maqsad muhimdir.

5. Hayotda ilmning o‘rni

Ilm olishga yaramagan inson hayotning boshqa sinovlariga ham bardosh bera olmaydi.

6. G‘ayratning rohati

O‘z maqsadingga yetish yo‘lida g‘ayrat va shijoat ko‘rsat, chunki ular seni muvaffaqiyatga yetaklaydi.

7. Mukammallik sari

Ishni hamma qatori emas, balki eng birinchi va sifatli bajarganlargina haqiqiy omadga erishadi.

8. Qat’iyatli bo‘ling

Muvaffaqiyat hammaga ham nasib etavermaydi, u faqat o‘zini mukammal qilishga intilganlarnikidir.

9. Vaqtni qadrlang

Vaqtni bekor sarflash – uni yo‘qotish demakdir. Har bir daqiqangizni foydali ishga bag‘ishlang.

10. Bugungi harakat – ertangi natija

Bugungi dangasalik ertaga afsus chekishga olib keladi. Hozirgi irodangiz kelajakdagi muvaffaqiyatingizni belgilaydi.

11. Kelajakni rejalashtiring

Haqiqiy muvaffaqiyat egalari kelajakni hozirdan rejalashtiradigan insonlardir.

12. Ilm va daromad

Qancha ko‘p bilsang, shuncha qimmatga baholanasan. Maoshing ilm saviyangga bevosita bog‘liq.

13. Har bir kun – yangi imkoniyat

Har bir tong yangi imkoniyat eshigi. Uni to‘g‘ri ishlatishni o‘rganing.

14. Raqobat va ilm

Sen tanaffus qilayotganingda, raqobatchilaring kitob o‘qiyapti. Buni doim yodda tut.

15. Mehnat – boylik kaliti

Ter to‘kmasang, zafar quchmaysan. Muvaffaqiyat ortida doim tinimsiz mehnat yotadi.


Garvard talabalari kabi muvaffaqiyatga erishish uchun doimo rivojlanib borish kerak. Talabalar uchun foydali ma'lumotlarni kuzatishni davom eting va o‘z kelajagingizni bugundan boshlang!

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar