5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar uchun oliy ta'lim imkoniyati
O‘zbekiston Respublikasi hukumat qaroriga muvofiq, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar oliy ta'lim muassasalariga tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi. Bu imkoniyat abituriyentlar uchun ta'lim olishda yangi eshiklarni ochmoqda.
Tavsiyanoma olish uchun hujjatlar ro‘yxati
Tavsiyanoma olish uchun arizalar har yili 1-maydan 1-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi shart:
- Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
- Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma);
- Ma’lumotnoma-obektivka;
- O‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.
Asosiy talab va mezonlar
Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarga mos kelishi kerak:
- O‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lish;
- Hozirgi kunga qadar oliy ta’lim olmagan yoki olmayotgan bo‘lish;
- Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lish.
Tavsiyanomaga ega bo‘lgan nomzodlar kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib, o‘z sohalariga mos OTMga hujjat topshirishlari mumkin. Imtihon yakunlariga ko‘ra, belgilangan ballni to‘plagan, ammo umumiy tanlovda o‘ta olmagan xotin-qizlar alohida 500 ta kvota doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladilar.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.