5 yillik stajga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olish tartibi
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida 500 ta kvota ajratilgan. Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasi talab etiladi.
Tavsiyanoma olish uchun zarur hujjatlar
Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar o‘zlari doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan hududdagi Ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:
- Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
- Mehnat daftarchasidan (yoki elektron ko‘chirma) nusxa;
- O‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.
Asosiy talablar va mezonlar
Tavsiyanoma olish uchun nomzodlar quyidagi mezonlarga mos kelishi kerak:
- O‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligiga ega bo‘lish;
- Hozirgacha oliy ta’lim olmagan yoki olmayotgan bo‘lish;
- Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lish.
Eslatib o‘tamiz, tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi. Abituriyentlar kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlarini DTM standartidagi test tizimi orqali sinab ko‘rishlari mumkin.
Muhim eslatmalar
Diqqat: Tavsiyanoma olish o‘qishga kirish kafolatini bermaydi, yuqori ball to‘plash shart. 2022-2023-yillarda olingan tavsiyanomalar o‘z kuchini saqlab qolgan, ularni qaytadan rasmiylashtirish shart emas. Avvalgi yillarda o‘qishga kirganlarning tavsiyanomalari esa o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatlar 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi. Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.