5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga tavsiyanoma berish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati e’lon qilindi

Kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarga tavsiyanoma berish huquqiga ega vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati e’lon qilindi.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga tavsiyanoma berish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarga tavsiyanoma berish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur tavsiyanomaga ega abituriyentlar davlat oliy ta’lim tashkilotlarining kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin. Ushbu tartib haqida batafsil 5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar uchun 2 500 ta kvota ajratildi maqolasida ham tanishishingiz mumkin.

Qaysi tashkilotlar tavsiyanoma berish huquqiga ega?

Reklama

Tasdiqlangan ro‘yxatdan 87 ta vazirlik, idora, agentlik, qo‘mita, uyushma va yirik korxona o‘rin olgan. Ular orasida:

  • Vazirlar Mahkamasi va uning huzuridagi tashkilotlar;
  • Adliya vazirligi;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi;
  • Energetika vazirligi;
  • Ichki ishlar vazirligi;
  • Mudofaa vazirligi;
  • Davlat xavfsizlik xizmati;
  • Markaziy bank va tijorat banklari;
  • "O‘zbekneftgaz", "O‘zbektelekom", "O‘zavtosanoat", "O‘zbekiston temir yo‘llari", Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari hamda boshqa yirik xo‘jalik birlashmalari mavjud.

To‘liq qabul kvotalari va tegishli hujjatlar bilan 2026/2027-o‘quv yili qabul kvotalarining to‘liq taqsimoti sahifasida tanishishingiz mumkin.

📄 5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga tavsiyanoma berish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxatini yuklab olish:

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar, agar ular ro‘yxatda keltirilgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, tavsiyanoma olishlari mumkin.
Tavsiyanomaga ega abituriyentlar davlat oliy ta’lim tashkilotlarining kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
Tasdiqlangan ro‘yxatga 87 ta vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmasi kiritilgan.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar