5 yillik stajga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanoma 2025

5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun oliy ta’limga imtiyozli qabul boshlandi. Tavsiyanoma olish tartibi va muddatlari haqida batafsil ma’lumot.

6
5 yillik stajga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanoma 2025

5 yillik stajga ega xotin-qizlar uchun oliy ta’limga imtiyozli qabul

O‘zbekiston hukumati kamida 5 yillik mehnat stajiga ega, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun oliy ta’limda o‘qish imkoniyatini taqdim etmoqda. Ular davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida, ya’ni 500 ta kvota asosida kontrakt bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadilar.

Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun talabgorlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishi shart. Oliy ta’lim muassasalari va oliygohlar kirish ballari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin.

Tavsiyanoma olish muddati va shartlari

  • Ariza topshirish muddati: 2025-yil 31-maygacha.
  • Murojaat manzili: Talabgorlar doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatda turgan hududdagi tuman (shahar) xotin-qizlar bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak.

Tavsiyanoma olish mezonlari

Tavsiyanoma olish uchun quyidagi uchta mezonga bir vaqtning o‘zida mos kelish lozim:

  • O‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lish;
  • Hali oliy ta’lim olmagan yoki hozirda o‘qimayotgan bo‘lish;
  • Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lish.

Avvalgi yillardagi tavsiyanomalar

  • 2023 va 2024-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmaganlar qayta hujjat topshirishi shart emas.
  • 2022-yilda olingan tavsiyanomalar muddati tugagan, yangi tavsiyanoma talab etiladi.
  • O‘qishga kirganlar uchun avvalgi tavsiyanoma o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi.

Taqdim etilgan hujjatlar 1–7-iyun kunlari Ishchi guruhlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishish abituriyentlar uchun foydali bo'ladi.

Eslatma: Tavsiyanoma imtihon ballariga qo‘shimcha bermaydi, faqatgina imtiyozli qabul kvotasida qatnashish huquqini beradi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar