Malayziyada ta'lim: Raffles universitetida 50% lik grant dasturi
Malayziyaning yetakchi xususiy oliy ta'lim muassasalaridan biri bo'lgan Raffles universiteti xalqaro va mahalliy talabalar uchun 50% gacha grant dasturini e'lon qildi. Bu imkoniyat sifatli ta'lim olish va xalqaro diplomga ega bo'lishni istagan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Nima uchun Raffles universiteti?
Raffles universiteti Malayziya Oliy ta'lim vazirligi (MOHE) tomonidan tan olingan va o'zining innovatsion ta'lim dasturlari bilan mashhur. Universitet xalqaro standartlarga mos keladigan zamonaviy o'quv muhitini taklif etadi.
Grant dasturi qaysi yo'nalishlar uchun amal qiladi?
Grant dasturi quyidagi fakultetlarda bakalavr va magistratura bosqichlari uchun taqdim etiladi:
- Faculty of AI & Robotics;
- Faculty of Social Sciences;
- Faculty of Business;
- Faculty of Arts & Design;
- Faculty of Built Environment & Regenerative Design;
- Postgraduate Programmes.
Ariza topshirish tartibi
Grantga da'vogar bo'lish uchun avvalo universitetning rasmiy sayti orqali onlayn ariza topshirib, o'qishga qabul qilinish talab etiladi. Qabul qilinganingizdan so'ng, grant dasturiga maxsus havola orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Til talablari
Nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishlarini tasdiqlovchi quyidagi sertifikatlardan birini taqdim etishlari shart:
- IELTS – 6.0
- TOEFL IBT – 80
- TOEFL PBT – 550
- TOEFL CBT - 213
Qo'shimcha ma'lumotlar va talabalar uchun yangiliklar bilan tanishish uchun universitetning rasmiy sahifasiga tashrif buyuring: Batafsil bu yerda.
Eslatma: Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.