Maktablarda «Halollik» to‘garaklari faoliyati boshlanadi
O‘zbekiston ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va yoshlarda halollik qadriyatlarini shakllantirish bo‘yicha yangi bosqich boshlanmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparovning ma’lum qilishicha, maktablarda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yiladi.
Tizimli targ‘ibot tadbirlari
Maktablarda «O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori» 10 kunligi hamda «Halollik» to‘garaklari tashkil etiladi. Shuningdek, «Profilaktika kunlari» va «Sinf soat»lari doirasida quyidagi mavzularda targ‘ibot ishlari olib boriladi:
- «Halollik qadriyatlari»;
- «To‘g‘rilik, mehnatsevarlik — xotirjam hayot asosi».
Ta’lim sifatini oshirish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilinib, OTMlarda «Aksilkorrupsiya kovorking» markazlari ochiladi.
Talabalar va ota-onalar uchun yangiliklar
9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan barcha oliy ta’lim muassasalarida «Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!» tanlovlari o‘tkaziladi. Talabalar o‘rtasida #Stop_korrupsiya chellenji, ota-onalar o‘rtasida esa ta’lim xizmatlari sifati bo‘yicha sotsiologik so‘rovnomalar tashkil etiladi.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.