Magistraturaga qabul: Joriy holat qanday?
Oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga hujjat topshirish jarayoni qizg‘in davom etmoqda. Joriy yil uchun belgilangan 17,1 ming kvotadan hozirgacha 11 149 tasi uchun abituriyentlar hujjat topshirdi.
Muhim ma’lumotlar:
- Qabul muddati: 30-iyulgacha.
- Kvota holati: Yana 6 ming nafar abituriyent hujjat topshirsa, belgilangan kvota to‘liq to‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu yil magistraturaga qabul faqat yoz mavsumida tashkil etiladi. Qishki qabul esa faqatgina yozgi kvotalar to‘lmay qolgan taqdirdagina Qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Abituriyentlar uchun foydali resurslar
Magistratura va oliy ta’limga oid yangiliklarni kuzatib borish hamda kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumot olish juda muhim. Shuningdek, abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qo‘llanmalarimiz orqali o‘qishga kirish jarayonlarini osonlashtirishingiz mumkin.
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.