Magistratura qabul natijalari 2023-2024: Kimlar o’qishga kirdi?

2023-2024 o’quv yili uchun magistratura qabul natijalari e’lon qilindi. Qancha talabgor o’qishga tavsiya etildi va grant o’rinlari taqsimoti qanday?

3
Magistratura qabul natijalari 2023-2024: Kimlar o’qishga kirdi?

Magistratura 2023-2024 qabul natijalari e'lon qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023-2024 o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalarini rasman e’lon qildi. Elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar talabgorning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Qabul natijalari bo'yicha qisqacha statistik ma'lumotlar

Jarayon yakunlariga ko‘ra, 9 ming 74 nafar talabgorning hujjatlari belgilangan talablarga javob bermagani uchun rad etildi. Tanlovda ishtirok etgan 10 980 nafar talabgordan 6 393 nafari o‘qishga tavsiya etildi. Ularning taqsimoti quyidagicha:

  • Davlat granti: 3 238 nafar
  • To‘lov-kontrakt: 3 155 nafar

Talabgorlar o'z natijalarini talabalar uchun ajratilgan elektron tizimdagi shaxsiy kabinetlari orqali tekshirishlari mumkin.

Xotin-qizlar uchun imtiyozlar

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlarning 2 ming 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Prezident qaroriga muvofiq, magistraturaga qabul qilingan xotin-qizlarning bazaviy to‘lov-kontrakt summasi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Agar siz kelgusida kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olishni istasangiz, tizimimizni kuzatib boring.

Ta’lim sohasidagi eng so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lishni unutmang!

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar