Litsenziyasiz nodavlat universitet: Firibgarlik fosh etildi

Firibgarlar litsenziyasiz nodavlat universitet ochib, abituriyentlarni aldadi. O’zbekistonda ta’lim sohasidagi firibgarlik holatlari va ehtiyot choralari.

2
Litsenziyasiz nodavlat universitet: Firibgarlik fosh etildi

Abituriyentlar diqqatiga: Soxta universitetlar firibgarligi

So'nggi vaqtlarda ta'lim sohasida litsenziyasiz faoliyat yuritayotgan muassasalar tomonidan sodir etilayotgan firibgarlik holatlari ko'paymoqda. Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o'tkazilgan tekshiruvlar natijasida quyidagi qonunbuzarliklar aniqlandi:

Litsenziyasiz oliygoh va soxta va'dalar

Jarqo‘rg‘on tumanida fuqarolar A.A. va Sh.A. hech qanday ruxsatnomasiz MCHJ shaklida nodavlat universitet tashkil etib, 18 nafar fuqaroning 152,9 mln so'm mablag'ini o'zlashtirib yuborgani fosh etildi. Shuningdek, Denov tumanida fuqaro X.M. xorijiy davlatdagi talabalarning o'qishini O'zbekistonga ko'chirib berishni va'da qilib, 15 300 AQSH dollarini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ta'limga oid ishonchli ma'lumotlar uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar