LifeAsapa: Daniyada bepul o‘qish uchun $75 000 lik grant

Daniyada bakalavr bosqichida o‘qishni istaysizmi? LifeAsapa jamg‘armasining 75 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan grant dasturi haqida batafsil ma’lumot oling.

3
LifeAsapa: Daniyada bepul o‘qish uchun $75 000 lik grant

Daniyada bakalavr bosqichida o‘qish uchun $75 000 grant

Daniya universitetlarida ta’lim olishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat! LifeAsapa Foundation xalqaro talabalar uchun 2021-2022 o‘quv yili uchun maxsus grant dasturini e’lon qildi.

Grantning manfaatli tomonlari

Grant dasturi Daniyadagi hamkor universitetlarda texnik bakalavr yo‘nalishlarida tahsil olishni istaganlar uchun mo‘ljallangan va quyidagi shakllarda taqdim etiladi:

  • Birinchi o‘quv yili uchun 10 000 AQSh dollari miqdoridagi grant hamda 2 000 AQSh dollarlik oylik stipendiya;
  • Uch yillik bakalavriat ta’limi uchun 50% gacha to‘lov;
  • Bakalavr kursining to‘liq davri uchun 100% to‘lov.

Nomzodlar uchun talablar

Ushbu dasturda qatnashish uchun talabalar uchun qo‘yilgan asosiy talablar:

  • Nomzod AQSh va Kanada fuqarosi bo‘lmasligi kerak;
  • Daniyadagi hamkor universitetlardan qabul xati olingan bo‘lishi shart;
  • Maktabni a’lo baholarga (GCE A darajasida 4 ball, IB dasturida 44 ball yoki Foundation dasturida 98%) tugatgan bo‘lishi kerak.

Kerakli hujjatlar va topshirish tartibi

  1. Yevropa standartlaridagi CV;
  2. Onlayn ariza shakli: bu yerda;
  3. Motivatsion xat (1000 tagacha so‘z);
  4. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat;
  5. Bakalavr darajasi yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar;
  6. GRE, TOEFL yoki IELTS natijalari.

Barcha hujjatlarni bitta PDF FAYLI ko‘rinishida [email protected] manziliga yuborishingiz kerak.

Tugash muddati: 31-dekabr 2021-yil.
Batafsil rasmiy saytda

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar