Kirish imtihonlari test savollari: Fanlar bo’yicha mavzular

Oliy ta’lim kirish imtihonlarida test savollari qaysi mavzular asosida tuziladi? Majburiy fanlar bo’yicha test mavzulari va ularning foizli taqsimoti bilan tanishing.

7
Kirish imtihonlari test savollari: Fanlar bo’yicha mavzular

Kirish imtihonlari uchun test savollari qaysi mavzular asosida tuziladi?

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan abituriyentlar uchun test savollari qaysi mavzularni qamrab olishini bilish juda muhim. Bu kirish ballari yo'nalishlar kesimida to'g'ri reja tuzishga yordam beradi. Quyida majburiy fanlar bo'yicha test savollarining taqsimoti keltirilgan.

Majburiy fanlar bo'yicha test mavzulari

1. Ona tili (o‘zbek):

  • Orfografiya va punktuatsiya – 40 %
  • Leksikologiya, uslubiyat – 40 %
  • Grammatika – 20 %

2. Ona tili (rus):

  • Fonetika – 10 %
  • Leksika – 10 %
  • Grammatika – 40 %
  • Orfografiya – 40 %

3. Ona tili (qoraqalpoq):

  • Fonetika – 10 %
  • Leksika – 20 %
  • Grammatika – 40 %
  • Orfografiya – 30 %

4. Matematika:

  • Sonlar va ular ustida amallar – 40 %
  • Foiz, proporsiya va tenglama – 30 %
  • Geometriya – 30 %

5. O‘zbekiston tarixi:

  • Qadimgi va o‘rta asrlar tarixi – 35-45 %
  • XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr – 35-45 %
  • Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi – 20-25 %

Tayyorgarlikni qanday boshlash kerak?

Mutaxassislik fanlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot rasmda keltirilgan. O'z bilimingizni sinab ko'rish uchun DTM standartidagi test tizimidan foydalanishni tavsiya etamiz.

Eslatma: 2025-yil uchun yangilangan ma’lumotlar hozircha taqdim etilmagan. Yangilangan taqsimot e’lon qilinishi bilanoq sizga xabar beramiz.

Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar