Khalifa University magistratura uchun to'liq grant dasturi
Birlashgan Arab Amirliklari, Abu Dabi shahrida joylashgan nufuzli Khalifa University of Science and Technology xalqaro talabalar uchun to'liq moliyalashtiriladigan magistratura grantini taqdim etadi. Bu dastur iqtidorli yoshlar uchun xalqaro darajada ta'lim olish va ilmiy izlanishlar olib borish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Grantning afzalliklari
Dastur doirasida talabaning barcha asosiy xarajatlari qoplanadi:
- To'liq kontrakt to'lovi;
- Tibbiy sug'urta;
- Oylik stipendiya (taxminan 2200$);
Qo'shimcha ma'lumotlar va talabalar uchun foydali resurslarni saytimizdan topishingiz mumkin.
Dastur yo'nalishlari
- Ilm-fan va texnologiya;
- San'at;
- Tibbiyot;
- Muhandislik;
Kerakli hujjatlar va talablar
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Bakalavriat diplomi va baholar daftarchasi;
- CV (tarjimai hol);
- Oq fondagi rasm hamda pasport nusxasi;
- Shaxsiy bayonot (Statement of Purpose);
- 2 ta tavsiyanoma;
- Ingliz tili sertifikati;
Nomzodlar bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan bo'lishi va qabul intervyusidan o'tishi shart. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishish orqali o'z yo'nalishingizni aniqlab olishingiz mumkin.
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun rasmiy sahifaga o'ting.
Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.