Italiyaning Piza universiteti (UNIPI) xalqaro talabalar uchun grant dasturini e'lon qildi
Italiyada ta'lim olishni istagan abituriyentlar va talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Piza universiteti (UNIPI) xalqaro talabalarni grant dasturiga qabul qilmoqda.
Grant dasturi haqida
Dastur ingliz tilida o‘qitiladigan magistratura yoki biznes va iqtisod bo‘yicha menejment bakalavriatiga qabul qilingan xalqaro talabalarga 24 ta stipendiya ajratadi. Abituriyentlar uchun bu xorijda o‘qishni boshlash uchun katta imkoniyat.
Stipendiya miqdori va shartlari
Nomzodlar grant uchun alohida hujjat topshirishlari shart emas. Universitetga qabul qilingan barcha talabalar avtomatik tarzda ko‘rib chiqiladi. Tanlovda quyidagi omillar inobatga olinadi:
- CV va suhbat natijasi;
- GPA ko‘rsatkichlari;
- Nomzodning kelib chiqish mamlakati (iqtisodiy rivojlanishi past mamlakatlar ustunlikka ega).
Stipendiya to‘lovlari quyidagicha:
- Birinchi yil: 6500 yevro va to‘lovlardan ozod etilish.
- Ikkinchi va uchinchi yillar: 8000 yevro va kontrakt to‘lovining 50%ga kamayishi (kredit tizimi talablari bajarilganda).
Agar siz xorijiy oliygohlarga kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsangiz, talabalar uchun foydali bo‘lgan ma'lumotlarni bizning platformadan kuzatib boring.
Muhim eslatma
Nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi va tanlagan yo‘nalish talablariga mos kelishi shart. Arizalarni qabul qilish muddatlari yo‘nalishga qarab farqlanadi. Batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.


















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.