INSPIRED GENERATION volontyorlik loyihasi: Imkoniyatlar eshigi
Abituriyentlar va talabalar uchun ajoyib yangilik! "Yoshlar Ittifoqi" va "Yoshlar Ishlari Agentligi" ko‘magida tashkil etilgan "INSPIRED GENERATION" volontyorlik loyihasiga nomzodlar qabuli boshlandi. Bu loyiha nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki CV uchun ham juda foydali tajriba hisoblanadi.
Nima uchun volontyor bo'lish kerak?
Volontyorlik harakati butun dunyoda yuqori baholanadi. Bizning loyihamizda qatnashib, siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lasiz:
- Eng faol volontyorlar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi;
- Kuchli jamoa bilan ishlash va yangi do‘stlar orttirish;
- Shaxsiy qobiliyatlarni kashf etish va rivojlantirish;
- Turli xil treninglarda ishtirok etish.
Agar siz abituriyentlar uchun foydali faoliyat izlayotgan bo'lsangiz yoki talabalar uchun o'zini ko'rsatish imkoniyatini qidirayotgan bo'lsangiz, bu loyiha aynan siz uchun.
Kimlar qatnasha oladi?
- O‘qitishga va bilim ulashishga ishtiyoqi baland yoshlar;
- Muayyan sohani yoki fanni yaxshi biladiganlar;
- Liderlik qobiliyatiga ega, mas’uliyatli;
- 16 yoshdan oshgan, faol yoshlar.
Hech qanday moddiy manfaat ko‘zlamasdan, jamiyatga foyda keltirishni istagan barchani loyihamizda kutib qolamiz!
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: SHU YERGA bosing.
Qo‘shimcha savollar uchun: Telegram bot orqali bog‘laning.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.