Imtihonga kechikmang: qayta test o‘tkazilmaydi (Muhim)

Bilimlarni baholash agentligi ogohlantiradi: imtihonga kechikkan yoki hujjatlari to‘liq bo‘lmagan abituriyentlar uchun qayta test o‘tkazilmaydi. Qoidalarni biling.

4
Imtihonga kechikmang: qayta test o‘tkazilmaydi (Muhim)

Abituriyentlar diqqatiga: Imtihon qoidalari qat’iy!

Bilimlarni baholash agentligi bu yil ham muhim ogohlantirish bilan chiqdi: imtihonga kechikkan yoki uzrli sabab bilan kelolmagan abituriyentlar uchun qayta test o‘tkazilmaydi. Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari har yili katta mas’uliyat talab qiladi, shu sababli barcha abituriyentlar uchun belgilangan qoidalarga so‘zsiz amal qilish shart.

Imtihonga kirish uchun nimalar kerak?

Test sinovlariga kirish uchun quyidagi hujjatlar va shartlar majburiydir:

  • Pasport (yoki ID-karta) - asl nusxasi bo‘lishi shart;
  • Abituriyent ruxsatnomasi;
  • Belgilangan vaqtdan kechikmasdan yetib kelish.

Eslatib o‘tamiz, pasport nusxasi yoki boshqa turdagi hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test jarayoniga kiritilmaydi. Agar siz hali kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishmagan bo'lsangiz, tayyorgarlik jarayonini to'g'ri rejalashtirish uchun ushbu ma'lumotlarni ko'rib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

Nega qoidalarga rioya qilish muhim?

Jiddiy sabablar bo‘lgan taqdirda ham, test sinovini qayta topshirish imkoniyati mavjud emas. Bu qoida barcha uchun birdek amal qiladi. Imtihonga kechikish yoki hujjatlardagi kamchiliklar o‘qishga kirish imkoniyatingizni butunlay yo‘qqa chiqarishi mumkin. Shuning uchun, test kuniga qadar barcha hujjatlaringizni tayyorlab qo‘yishingiz va imtihon joyini oldindan bilib olishingiz talab etiladi.

Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan bo'lib, barcha abituriyentlardan ehtiyotkorlik va mas'uliyat talab qilinadi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar