Imtihonga bir kun qolganda qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

Imtihon arafasida qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak? Stressni yengish, uyqu rejimi va abituriyentlar uchun psixologik maslahatlar bilan tanishing.

4
Imtihonga bir kun qolganda qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

Imtihon arafasida to‘g‘ri tayyorgarlik sirlari

Imtihonlar yaqinlashganda har bir abituriyentda hayajon bo‘lishi tabiiy. Biroq, imtihondan bir kun oldin to‘g‘ri dam olish va ruhiy holatni barqarorlashtirish muvaffaqiyat garovidir. Abituriyentlar uchun maxsus tavsiyalarimiz quyidagicha:

Uyqu va dam olishning ahamiyati

Eng avvalo, to‘yib uxlab olish zarur. Uyqu yetishmasligi miya faoliyatini sekinlashtiradi va ma’lumotlarni saralash jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Miya dam olgandagina kerakli ma’lumotlarni tezroq esga tushira oladi.

Ruhiy xotirjamlik va nafas mashqlari

  • Tabiat qo‘ynida sayr: Bir soatlik piyoda sayr diqqatni jamlashga yordam beradi.
  • Yolg‘izlik: Imtihon oldidan keraksiz muloqotlarni cheklab, o‘zingiz bilan ishlashga harakat qiling.
  • Nafas mashqlari: Hayajon bosganda 10-15 marta chuqur nafas olib, sekin chiqarish stressni yengishga yordam beradi. Ushbu usulni imtihon kuni ham qo‘llashingiz mumkin.

Ota-onalar uchun maslahatlar

Farzandingizga ishoning va uni qo‘llab-quvvatlang. O‘qishga kira olmagan taqdirda ham hayot davom etishini, oliy ta’lim yagona maqsad emasligini tushuntiring. Bu farzandingizga ishonch bag‘ishlaydi. Agar siz o‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlarni o‘rganib chiqsangiz, vaziyatga yanada xotirjam qaray olasiz.

Ushbu tavsiyalar sizga yordam berdimi? O‘z fikr-mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring!

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar