Ilm olishda muvaffaqiyatga erishishning 6 ta oltin qoidasi

Ilm olishda muvaffaqiyatga erishishni istaysizmi? Abituriyentlar va talabalar uchun o’qish samaradorligini oshiruvchi 6 ta muhim tavsiyani bilib oling.

3
Ilm olishda muvaffaqiyatga erishishning 6 ta oltin qoidasi

Ilm olishda muvaffaqiyatga erishish sirlari

Har bir abituriyent va talaba o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yadi. Biroq, bilim olish nafaqat kitob o'qish, balki ma'lum bir qadriyatlar va tartibga amal qilishni ham talab qiladi. Quyida ilm yo'lida muvaffaqiyatga erishish uchun 6 ta oltin qoida keltirilgan.

Muvaqqiyatli ta'lim uchun 6 ta tavsiya

  • Ota-ona duosi: Ilm olish yo'lida ota-onaning duosi katta ahamiyatga ega. Ularning duosi ilmga baraka olib keladi.
  • Ustozlar hurmati: Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarning tajribasi va nasihatlariga quloq tutish bilimingizni boyitadi.
  • Xulq-atvor: Kibr ilm olish jarayonini sekinlashtiradi. O'rganganlaringizni kamtarlik bilan jamiyatga foydali tarzda ishlating.
  • Uyqu tartibi: Dars jarayonida uyquni tartibli tashkil qilish va poklikka rioya etish xotira va diqqatni kuchaytiradi.
  • Dars qoldirmaslik: Bugungi darsni qoldirish ertangi yuklamani og'irlashtiradi. Muntazamlik — muvaffaqiyat kaliti.
  • Vaqt qadri: Vaqt ortga qaytmaydi. O'z vaqtingizni oliygohlar kirish ballari va o'quv rejalaringizga moslab samarali taqsimlang.

Siz bu tavsiyalarga qanday qaraysiz? O'z fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar