Ikkinchi bosqichda abituriyentlar uchun yo‘nalish tanlash jarayoni
Oliy ta’lim muassasalari qabul jarayonida muhim yangilik: 2024-2025-o‘quv yili uchun imtihonlar “Avval test, keyin tanlov” tartibida o‘tkazilmoqda. Test sinovlari yakunlangach, abituriyentlarga tanlov bosqichi uchun 15 kun vaqt ajratiladi.
Abituriyentlar nimalarni tanlashi kerak?
Ikkinchi bosqichda abituriyentlar quyidagi uchta asosiy jihatga e’tibor qaratishlari lozim:
- Yo‘nalish tanlash: Abituriyentlar beshtagacha yo‘nalish tanlashi mumkin. Bunda fanlar majmuasi mos keladigan istalgan OTMni tanlash huquqi berilgan. O‘zingizga mos yo‘nalishni tanlashda kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlaridan foydalanishingiz tavsiya etiladi.
- Ta’lim shakli: Kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati mavjud.
- Tanlov ustuvorligi: “Grant ustuvorligi” yoki “Grant va to‘lov-kontrakt” tanlovlaridan birini tanlash lozim.
Grant kvotalarining yangi tizimi
Joriy yildan boshlab davlat grantlari muayyan OTMga emas, balki yo‘nalishga ajratilmoqda. Bu shuni anglatadiki, respublika bo‘yicha tanlangan yo‘nalishda eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar, qaysi oliygohga topshirganidan qat’i nazar, grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Abituriyentlar o‘z tanlovlarini amalga oshirishda oliygohlar kirish ballari bilan tanishib chiqishlari, shuningdek, Bilimni baholash agentligining mandat.uz saytidagi o‘tish ballarini tahlil qilishlari maqsadga muvofiqdir. Yangi tizim bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni abituriyentlar uchun ruknimizda kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.