Oliy ta'limda yangi tartib: Kvotalar qayta taqsimlanadi
Abituriyentlar va bo'lajak talabalar uchun muhim yangilik! Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda talabalar qabul qilishni kamaytirib, bo‘shagan kvotalarni muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlarga o‘tkazish taklif etilmoqda.
Nimalar o'zgaradi?
- Ijtimoiy-gumanitar sohalardagi kvotalar qisqartiriladi.
- Texnik va tibbiyot yo‘nalishlariga qabul ko‘paytiriladi.
- Kvotalarni oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi.
- Qabul parametrlarini endilikda oliygohlarning o‘zi mustaqil belgilaydi.
Ushbu o'zgarishlar ta'lim sifatini oshirish va mehnat bozoridagi ehtiyojga mos mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Siz o‘zingiz tanlagan kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishishingiz va abituriyentlar uchun mo‘ljallangan yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.
Ma'lumotlar rasmiy manbalardan olindi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.