Milliy sertifikat statistikasi: Qancha abituriyent ega bo’ldi?

2024-yil 1-sentyabr holatiga ko’ra milliy sertifikat olganlar soni qancha? Qaysi fan va hududlar yetakchi? Batafsil statistik ma’lumotlar bilan tanishing.

10
Milliy sertifikat statistikasi: Qancha abituriyent ega bo’ldi?

Milliy sertifikat olganlar soni: 2024-yilgi statistika

Abituriyentlar va o'quvchilar uchun muhim ma'lumot: 2024-yilning 1-sentyabr holatiga ko'ra, my.gov.uz portalidagi “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash” xizmatiga jami 57 174 ta ariza kelib tushgan. Shundan 37 116 nafar talabgor milliy sertifikat olishga muvaffaq bo'ldi.

Eng ko'p ariza topshirilgan fanlar

Milliy sertifikatga bo'lgan qiziqish o'sib bormoqda. Eng ko'p ariza topshirilgan fanlar quyidagicha:

  • O‘zbek tili va adabiyoti: 17 316 ta ariza
  • Kimyo: 13 446 ta ariza
  • Matematika: 8 272 ta ariza

Hududlar kesimida natijalar

Hududlar bo‘yicha sertifikat olishda Farg‘ona viloyati yetakchilik qilmoqda (8 034 ta ariza, 5 216 ta sertifikat). Keyingi o'rinlarda Toshkent shahri (6 667 ta ariza, 3 996 ta sertifikat) va Buxoro viloyati (5 725 ta ariza, 3 916 ta sertifikat) qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, milliy sertifikat egalari oliygohlar kirish ballari tizimida tegishli fanlardan ozod bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ta'lim sohasidagi yangiliklarni kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar