Harbiy tavsiyanoma: Abituriyentlar uchun imtiyozlar 2025

Harbiy qism tavsiyanomasiga ega abituriyentlar qanday imtiyozlarga ega? Oliy o‘quv yurtlariga kirishdagi qo‘shimcha kvota va ballar haqida batafsil ma’lumot.

5
Harbiy tavsiyanoma: Abituriyentlar uchun imtiyozlar 2025

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, yuksak natijalarga erishgan hamda harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega bo‘lgan yoshlar uchun oliy ta’lim muassasalariga kirishda qator imtiyozlar taqdim etiladi.

Oliy ta’lim muassasalariga kirishdagi imtiyozlar

Tavsiyanomaga ega abituriyentlar quyidagi imtiyozlardan foydalanishlari mumkin:

  • Qo‘shimcha qabul kvotalari: Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun har bir oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida qo‘shimcha kvotalar ajratiladi.
  • Tanlovda ishtirok etish: Abituriyentlar mazkur alohida kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, talaba bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
  • Umumiy tanlov huquqi: Agar abituriyent alohida kvota doirasida o‘qishga kira olmasa, u umumiy tartibda qabul tanlovida ishtirok etish huquqini saqlab qoladi.

O‘z tanlovingizni amalga oshirishda kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Shuningdek, abituriyentlar uchun barcha dolzarb yangiliklarni kuzatib boring.

Oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun imtiyoz

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirayotgan tavsiyanoma egalariga test sinovlarida to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball qo‘shib beriladi.

Muhim ma’lumotlar

Tavsiyanomaning amal qilish muddati uch yilni tashkil etadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 681-son qarori.

Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasining namunaviy shakli:

Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar